Joriy yilning 1-sentabr holatiga Oʻzbekiston qiymati 336,7 million AQSH dollariga teng boʻlgan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini eksport qilgan.
Bu yil 32 ta davlatga tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini eksport qilgan Oʻzbekiston oʻtgan yilning 8 oyiga nisbatan eksport hajmini 89,1 million AQSH dollariga oshirgan.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan sakkiz oy mobaynida eksport qilingan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarining eng katta ulushi Rossiya Federatsiyasi (178,3 mln), Qirgʻiz Respublikasi (120,9 mln) va 12,3 mln AQSH dollari bilan Qozogʻiston hissasiga toʻgʻri kelgan.
Maʼlumot oʻrnida, eksport qilingan tayyor kiyim-kechak mahsulotining eng koʻp ulushi Andijon (90,2), Toshkent (70,5), Namangan (49,8) va 39,7 mln. AQSH dollari bilan Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelgan.