Foto: Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi direksiyasi

Oʻzbekiston besh oyda 291,6 mln dollarga teng boʻlgan 526,9 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan

Davlat statistika qoʻmitasi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, yanvar-may oylarida qiymati 291,6 mln. AQSh dollariga teng boʻlgan 526,9 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan.

  • sabzavotlar — 419,7 ming tonna;
  • meva va rezavorlar — 70,2 ming tonna;
  • quritilgan meva va rezavorlar — 25,8 ming tonna;
  • mayiz — 16,3 ming tonna;
  • yeryongʻoq — 9,4 ming tonna;
  • qalampir — 6,5 ming tonna;
  • tarvuz-qovun — 2,8 ming tonna;
  • uzum — 2,0 ming tonna.

Hududlar kesimida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:

  • Toshkent — 146,0 ming tonna;
  • Fargʻona — 58,5 ming tonna;
  • Samarqand — 44,1 ming tonna;
  • Namangan — 43,8 ming tonna;
  • Xorazm — 40,0 ming tonna;
  • Surxondaryo — 38,1 ming tonna;
  • Qashqadaryo — 32,7 ming tonna;
  • Andijon — 26,8 ming tonna;
  • Sirdaryo — 25,3 ming tonna;
  • Buxoro — 19,6 ming tonna;
  • Toshkent sh. — 16,7 ming tonna;
  • Jizzax — 16,4 ming tonna;
  • Qoraqalpogʻiston R. — 13,0 ming tonna;
  • Navoiy — 5,9 ming tonna.

Avvalroq, yanvar-may oylarida qiymati 43,4 mln. AQSh dollariga teng boʻlgan 27,6 ming tonna gilos eksport qilingani haqida xabar berilgan edi.

Latest from Blog