Oʻzbekiston 13 ta davlatga 51 ming tonnadan ziyod uzum eksport qildi

Joriy yilning 1-sentabr holatiga koʻra, qiymati 46,8 million AQSH dollariga teng boʻlgan 51 ming tonnadan ziyod uzum mahsuloti xorijga eksport qilindi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 10,4 ming tonnaga koʻp.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, eksport qilingan mazkur uzum mahsulotining eng koʻp ulushi Fargʻona (15,3 ming tonna), Toshkent (9,6 ming tonna), Namangan (7,2 ming tonna), Xorazm (3,6 ming tonna) va Qashqadaryo (3,1 ming tonna) viloyatlari hissasiga toʻgʻri keldi.

Maʼlumot oʻrnida, yurtimiz bogʻlarida yetishtirilgan uzum mahsulotining eksporti boʻyicha Qozogʻiston 22,8 ming tonna koʻrsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga 20,6 ming tonna va Qirgʻiz Respublikasiga 7,1 ming tonna uzum mevasi eksport qilingan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog