Oʻqituvchilar orasida koronavirus yuqtirganlar koʻpaymoqdami?

Jomboy tumanida 40 nafar pedagogda COVID-19 infeksiyasi mavjudligi tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

Payariqda ham 576 nafar pedagogdan 60 nafarida COVID-19 virusiga birlamchi musbat natija aniqlangan. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Covid-2
qalampir.uz

Qayd etilishicha, oʻquvchilarni taʼlim jarayoniga jalb qilish borasida sinf rahbarlari tomonidan bugungi kunga qadar 47 810 nafar (96,5 %) ota-onalar bilan muloqot qilindi. Shundan 35 850 nafar (72,3%) ota-onalar anʼanaviy taʼlim shaklini, 11 959 nafari (27,3%) esa masofaviy taʼlim shaklini tanladi.

Payariqda 2020-2021-oʻquv yiliga 96 ta maktab tayyor holga keltirilgan. Ammo maktablar faoliyati tiklangan taqdirda oʻquvchilar sogʻlig`ini himoyalash uchun jami 208 dona pirometr, 672 dona dozatorlar, 21 452 litr antiseptik aralashmalar va kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun 3128 dona tibbiy niqoblarga ehtiyoj mavjud bo`ladi.

Tuman SEO markazi tomonidan tumandagi 99 ta umumtaʼlim maktabdan hozirga qadar 55 tasi oʻrganib chiqilgan hamda faoliyatini tiklashga tayyor boʻlgan maktablarga faoliyatini anʼanaviy tarzda davom ettirish boʻyicha tavsiyalar berilgan.

Hozirga qadar tuman SEO markazi tomonidan tumandagi umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan 1 860 nafar pedagog-xodimlar COVID-19 virusiga test topshirgan, lekin hali hamma tahlil natijalari chiqmagan. Birinchi kuni test topshirgan 576 nafar pedagog-xodimlardan 60 nafarida COVID-19 virusiga birlamchi musbat natija aniqlangan. Ushbu fuqarolarga nisbatan provizor gospitaliga yotqizilishi va profilaktik tadbirlarni oʻtkazilishi boʻyicha xulosa berilgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog