Nyu-Yorkda O‘zbekiston savdo uyi ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi huzuridagi “O‘zTreyd” kompaniyasi AQShga tovarlar yetkazib berish hajmini ko‘paytirish hamda ushbu mamlakat bozoridagi mavqeini mustahkamlash maqsadida savdo uyini ochdi.

Foto: Time Out

Savdo uyi negizida doimiy ravishda o‘zbek mahsulotlari shou-rumi (show-room) ham faoliyat yuritadi. 20-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston – AQSh biznes-forumi ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qilish va o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishishda katta voqea bo‘ladi.

Forum doirasida Amerikaning yirik kompaniyalari bilan savdo hamkorligi to‘g‘risida bitimlar imzolash, shuningdek, tekstil mahsulotlari, antiseptik vositalar, chinni buyumlar, ipak materiallari, quruq mevalar, navvot va o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning boshqa mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha eksport shartnomalari tuzilishi rejalashtirilayapti.

Latest from Blog