Nursulton Nazarboyevni Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda Shavkat Mirziyoyev kutib oldi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 16-sentabr kuni davlat tashrifi bilan Toshkentga uchib keldi, deb xabar berdi O‘zA.

Foto: Sputnik

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat prezidentlarining Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali do‘stona munosabatlarni izchil rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab hujjatlar imzolanadi.

Latest from Blog