Nurmat Otabekov: Qo‘shimcha davolash usullari va dori-darmonlarsiz sog‘aydim

O‘zbekiston davlat bosh sanitariya inspektori, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorat davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov koronavirusdan davolanib chiqqanidan so‘ng o‘zida kechgan holatlar haqida “Shifobaxshuz” Telegram kanaliga ma’lum qildi.

“Men, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan bayonnomalar asosida davolandim, boshqa qandaydir qo‘shimcha dori-darmonlar ishlatishga hojat qolmadi. Men davolanayotgan paytimda Sog‘liqni saqlash vazirligi kasallikka chalinganlarni davolash bo‘yicha beshinchi bayonnomasi amal qilib turgan edi. Hozir oltinchisi ham tasdiqlandi. Mana shu bayonnomalar asosida davolanish orqali 21 kunda kasallikdan sog‘ayib shifoxonadan chiqdim. Beshinchi bayonnomada nimaiki tavsiya etilgan bo‘lsa, aynan shu dori-darmonlar bilan davolandim. Bayonnomadan tashqari boshqa davolash usullari, dori-darmonlar menga tavsiya etilmadi”, – dedi professor.

Avvalroq, Nurmat Otabekning nimalarni xalqqa gapirib bergan bo‘lsa, kasallikning klinik belgilarini hammasi o‘zida kuzatilgani va qanday qilib koronavirusni yuqtirib olgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi oxirida Respublika maxsus komissiyasi va Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekovda koronavirus aniqlangan edi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog