Nukusda havo harorati keskin ko‘tarilishi sababli ayrim bog‘chalarda ta’til e’lon qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahridagi ayrim bog‘chalarda vaqtincha ta’til e’lon qilindi. Bu haqida karinform sayti xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, bog‘cha bolalari ta’tilga chiqarilishiga sabab, so‘nggi bir hafta davomida Nukusda havo harorati keskin ko‘tarilib ketgan. 5-iyuldan 10-iyulgacha ayrim bog‘chalar ishlamaydi. Ta’til havo haroratiga qarab yana uzaytirilishi mumkin.

Xabar berganimizdek, Gidrometeorologiya markazi 3-9-iyul kunlari O‘zbekiston bo‘ylab jazirama kuzatilishi, ba’zi hududlarda havo harorati +45 darajagacha ko‘tarilishini ma’lum qilgandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, kecha Nukusda havo harorati 50 darajadan oshgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar