Nukus shahrida meteorologik stantsiya ochildi


2017-yilning mart oyida Nukus shahrida gidrometeorologik axborotni yig‘ish va uzatishni avtomatlashtirish uchun uskuna o‘rnatilgan edi. Kuni kecha ushbu meteorologik stantsiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondagi BMTning Doimiy muvofiqlashtiruvchisi, BMTTDning Doimiy vakili janob Stefan Prisner ishtirok etdi.

Marosim ishtirokchilari stantsiyaning ish mexanizmi, boshqaruv xususiyatlari va ma’lumotlarni zudlik bilan yetkazish imkoniyatlari bilan tanishdilar. Shuningdek, BMTning Orolbo‘yi hududidagi ko‘mak berish ustuvorliklari haqida qisqa taqdimot bilan tanishdilar va Mo‘ynoq o‘lkashunoslik muzeyi, Mo‘ynoq tumanidagi kemalar qabristoniga safar uyushtirdilar. 

Qoraqalpog‘istondagi o‘nta meteorologik stantsiya va ikkita gidrologik kuzatuv maskanlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan tashabbus doirasida qurg‘oqchilik haqida oldindan ogohlantirish tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda, bu esa, shu jumladan, mazkur gidrometeorologik monitoring ma’lumotlaridan foydalangan holda, suv inshootlarini holatini o‘z vaqtida baholash imkonini beradi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar