Notoʻgʻri parkovka qilingan avtomobillarni nima kutmoqda

Yaqin vaqt ichida huquqni saqlash organlari YTH va katta qiyinchiliklar keltirib chiqarayotgan muammolardan biri – avtomobillarni notoʻgʻri parkovka qilish muammosini hal qilishga kirishishadi.

Korrespondent uzbekistan 053
Foto:imyplus.ru

Shavkat Mirziyoyevning yangi qaroriga asosan Ichki ishlar vazirligi aprel oyining oʻrtasigacha, yetakchi xorijiy tajribani oʻrgangan holda, oʻzboshimchalik bilan tashkil qilingan avtomobil turar joylariga qarshi kurash choralarini koʻrishni topshirdi.

Xususan, IIV amaldagi qonunlarga toʻxtash qoidalarini buzgan avtomobillarni haydovchi ishtirokisiz qayd qilish huquqini beruvchi oʻzgartishlar kiritishi kerak. Shunday qilib, bir necha oy ichida YHXB inspektorlari notoʻgʻri parkovka qilingan avtomobillar uchun jarima bayonnomalarini haydovchi ishtirokisiz tuzish huquqiga ega boʻladi.

Bugungi kunda esa Oʻzbekiston koʻchalarida, taʼqiqlovchi belgilar boʻlishiga qaramasdan, har kim oʻz avtoulovini istagan joyda qoldirib ketmoqda. Svetoforlar ostida, yoʻlning ikkinchi hatto uchinchi qatorilarida parkovka qilingan avtomobillar harakat erkinligi va xavfsizligiga jiddiy zarar yetkazmoqda.

Kirakashlar esa oʻz avtomobillari bilan yoʻlovchi oʻtish yoʻlaklarini, avtobus bekatlarini, kichik va yon yoʻllardan  chiqish joylarini toʻsib qoʻyishni yaxshi koʻrishadi. Koʻp qavatli uylar oldida ham notoʻgʻri parkovka qilingan avtomobil tufayli koʻplab mojarolar kelib chiqmoqda. Umuman aytganda, ayrim haydovchilarning oʻzgarlarni nazar-pisand qilmay, surbetlarcha hamma oʻtadigan yoʻlni toʻsib qoʻyishi barchaning joniga tekkan.

Toʻgʻrisini aytganda, oxirgi 10 yil ichida YHXB ham faoliyatining ushbu qismiga yetarlicha eʼtibor bermayotgan edi. Inspektorlar notoʻgʻri parkovka qilgan haydovchilar bilan ovvora boʻlib oʻtirishni istashmas edi, chunki ularni jarimaga tortish, avtomobilni evakuatsiya qilish – oʻta byurokratlashgan jarayon edi.

Shuni aytib oʻtish kerak-ki, Yevropa mamlakatlarida avtomobilni evakuatsiya qilish faqat u asosiy transport oqimiga xalal bergan holda amalga oshiriladi. Notoʻgʻri parkovka qilingan avtomobillarga esa – jarima solinadi, xolos.

Koʻpgina MDH mamlakatlarida yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari, fuqarolar tomonidan suratga olingan, notoʻgʻri parkovka qilingan avtomobillar qayd etilgan foto va videolarni qabul qilib, qoidabuzarlarni jazolamoqda.

Toshkentda ham ana shunday amaliyotlar qoʻllanilishi rejalashtirilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar