Nogironligi bor shaxslar soliqlardan ozod etilganmi?

Bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, daromadlar qaysi oyda olingan boʻlsa, oʻsha oyda har bir oy uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar boʻyicha soliq solishdan ozod etiladi.

I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning mulkida boʻlgan mol-mulk oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.

I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar yer soligʻidan ozod qilinadi.

Avtotransport vositalarini sotib olish va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yigʻimni toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi.

a) ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan qoʻl bilan boshqarishga moslashtirilgan yengil avtomobilni va (yoki) motoaravacha nogironni sotib oluvchi barcha guruhlardagi nogironligi boʻlgan shaxslar;

b) yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros asosida avtomobillar va motoaravachalar oluvchi fuqarolar;

Faoliyat koʻrsatish turi va uni amalga oshirish joyidan qatʼiy nazar I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxs hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bir oyda eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar hisobidan ishga yollangan har bir ishchi uchun — bir oyda eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida qatʼiy belgilangan soliq stavkasi oʻrnatilgan.

Latest from Blog