Nobel mukofoti sohiblari Baydenni qoʻllab-quvvatlamoqda

Iqtisodiyot boʻyicha 13 nafar Nobel mukofoti gʻoliblari prezidentlik saylovlarida Jo Baydenni qoʻllab-quvvatladilar, deb xabar berdi “Ria.ru” sayti.

ria.ru

Ochiq maktubda olimlar Baydenning iqtisodiy tamoyillari va siyosatini qoʻllab-quvvatlashlarini va uning iqtisodiy dasturi Amerikaga foyda keltirishiga ishonishlarini aytdilar. Bundan tashqari, ular Bayden ilgari surgan koronavirusga qarshi kurashdagi ilmiy asoslangan yechimlarini qoʻllab-quvvatladilar.

“Baydenning umumiy iqtisodiy kun tartibi sogʻliqni saqlash, investitsiya muhiti, barqarorlik, ish bilan taʼminlash va iqtisodiy yaxlitlikni yaxshilaydi va bu kun tartibi ancha ustun deb hisoblaymiz”, – deydi olimlar oʻz bayonotida.

Maktubga Nobel mukofoti sovrindorlari Jorj Akerlof, Piter Diamond, Oliver Xart, Erik Muskin, Daniyel Makfadden, Rojer Merson, Uilyam Nordxaus, Edmund Fels, Pol Romer, Robert Solou, Maykl Spens, Richard Taler va Jozef Stiglitz imzo chekdilar.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog