Niqob quloqlaringizni og‘rityaptimi? Buning ham yechimi bor

Karantin sabab hozir butun dunyo tibbiy niqob taqib yurishga majbur. Ammo uzluksiz niqob taqib yurish oqibatida ba’zida quloqlar ortida og‘riq paydo bo‘ladi.

Instagram’dagi mashhur sartarosh, bloger Oliviya Smolli og‘riqsiz niqob taqish usuli bilan bo‘lishdi. Ushbu mavzuga bag‘ishlangan rolik uning shaxsiy sahifasida e’lon qilindi. Kadrda ko‘k tibbiy niqob taqqan, sochi chambarak shaklida yig‘ilgan qizga ko‘zingiz tushadi. Niqob “qo‘llar”ini quloqlardan tepaga tortib turib, to‘g‘nog‘ich orqali sochlarga mahkamlasangiz kifoya. Endi quloqlaringiz og‘riqdan aziyat chekmaydi.

Sartaroshning ushbu “yangiligi”ni foydalanuvchilar ma’qullashgan va “Bu haqiqatdan ham ideal usul!”, “Ushbu usulni bo‘lishganingiz uchun rahmat”, “Yoqimli va foydali ko‘rinadi, rahmat!”, kabi ijobiy izohlar bildirgan. Bu usuldan siz ham bemalol foydalanib ko‘rishingiz mumkin.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog