Navoiyda ziyoratgohlarni taʼmirlashga 1,5 milliard soʻm sarflanadi

Navoiyda ziyoratgohlar yanada koʻrkamlashadi, deb xabar qilindi Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi rasmiy saytida.

Foto: Oʻzbekturizm

Qayd etilishicha, 2017-yil davomida Navoiy viloyatida bir qator tarixiy maskanlarda keng koʻlamli taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Oʻtgan chorakda Karmana tumanidagi “Raboti Malik” karvonsaroyida xuddi shunday taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Hozirda esa “Qosim Shayx” ziyoratgohida koʻrkamlashtirish ishlari olib borilayapti. Qadamjoda ustalar tomonidan hovlilardagi supalari, xonaqoh gumbazi, darvoza va eshiklar koʻrinishini yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu ikki ziyoratgoh taʼmiri uchun 1,5 milliard soʻmdan ortiq hajmdagi ishlar amalga oshirilishi belgilangan. Mazkur obʼyektda taʼmirlash ishlari tez kunda yakunlanib, yana ziyoratchi va sayyohlarni qabul qilishni boshlaydi.

Kelgusida “Mir Said Bahrom” ziyoratgohi, “Raboti Malik”, “Sardoba”, “Shayx Abul Xasan Nuriy” maqbaralari kabi yana 8 ta muqaddas qadamjoni taʼmirlash koʻzda tutilmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog