Navoiyda YTH sodir boʻldi, qurbonlar bor

Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida 22-sentabr kuni ikkita avtomashina ishtirokida YTH yuz berdi. Oqibatda ikki kishi halok boʻlgan va yana uch kishi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamentining matbuot xizmati xabar berdi.

avariya
ИИВ ҳузуридаги Тергов департаменти

Maʼlumotga koʻra, soat 17:00 atrofida Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi 21 yoshli N.D. boshqaruvni yoʻqotib qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketishi oqibatida ushbu yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan 24 yoshli J.J. ning boshqaruvida boʻlgan Nexia rusumli avtomashina bilan toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.

Oqibatda Nexia rusumli avtomashinada boʻlgan yoʻlovchilar 26 yoshli S.M. va 57 yoshli R.D. lar hodisa joyida vafot etgan. Yana 3 nafar yoʻlovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-modda 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog