Navoiyda yiliga 30 ming avtomobil ishlab chiqaradigan korxona quriladi

Navoiy erkin iqtisodiy zonasida yaqin kunlarda “Navoiy – motors” Oʻzbekiston-Eron qoʻshma korxonasi barpo etiladi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

Foto: Autonews.ru

Umumiy qiymati 12 million AQSh dollariga teng boʻlgan ushbu loyihada Xitoy “Oshan” brendi avtomobillarini yigʻish rejalashtirilgan.

– Dastlab, ichki bozor uchun zamonaviy yoʻl tanlamas, pikap, miniven kabi kuzovli avtomobillar yigʻishni yoʻlga qoʻyamiz, – deydi korxona bosh texnologi Afshin Shakeri. – Yiliga 30 ming dona avtoulov ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonamizda 200 nafardan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Joriy yil yakuniga qadar ishga tushirish rejalashtirilayotgan zavodning barqaror ishlashi uchun soliq va bojxona imtiyozlarining yaratilayotgani ayni muddao boʻlmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog