Navoiyda narkobiznes bilan shug‘ullangan sobiq mahkum yana 10 yilga qamaldi


Navoiy viloyati Karmana tumani hududida o‘tkazilgan giyohvand vositalari kontrabandasini oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir davomida Sh.Urinboev sariq rangli tselofan paketga solingan giyoxvand vositalarini sotayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Ekspertiza-kriminologiya bo‘limining xulosasiga asosan B.Boltaevdan olingan narkotik modda 2 kg 764 gr og‘irlikdagi gashish moddasi ekani aniqlandi.

O‘tkazilgan tadbir yakuniga ko‘ra, jami 3,3 kg marixuana, 2,7 kg gashish giyohvandlik moddalari va 380 tup kanoplya o‘simligi qonunbuzarlandan ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan Sud tomonidan aybdorlar Sh.Urinboevga 10 yilu 6 oy va X.Ummatovga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tashlari belgilandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Bekobodlik Sharafiddin Urinboev narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik uchun ilgari 4 marotaba jinoiy javobgarlikka tortilgan. Amnistiya aktiga ko‘ra, jazo muddati qisqartirilgan, jazo yengilrog‘iga almashtirilgan.

Ozodlikka chiqgach esa u quruq holdagi narkotik moddalarini qayta ishlab, ulardan kuchli narkotik moddalarni tayyorlash bilan shug‘ullana boshlagan. “Mahsulot” uchun hom-ashyoni jazoni ijro etish muassasasida tanishgan do‘sti Haydar Ummatovdan olgan. Tayyor “mahsulotni” tilla buyumlar evaziga almashib, keyinchalik tillalarni sotish orqali daromad olmoqchi bo‘lgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog