Navoiyda bir kechada 31 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekiston bo‘yicha kasallanganlar soni 3333 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 27-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 43 kishiga ko‘payib, 3333 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 31 tasi Navoiy viloyatida, 6 tasi Toshkent viloyatida, 4 tasi Toshkent shahrida va 2 tasi Namangan viloyatida aniqlangan.

“Ularning bari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgani uchun gumonlanib, karantinga olingan fuqarolar edi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Hozirda O‘zbekiston bo‘yicha 683 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda, 2636 nafar bemor butunlay sog‘aygan, 14 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog