Joriy yilning 13-may kuni taxminan soat 02:30dan 04:30 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida Navoiy viloyati Zarafshon shahrida kuchli yogʻingarchilik sababli sel kelishi kuzatilgan. Birlamchi maʼlumotlarga koʻra, sel oqibatida 4 xonadon qisman zarar koʻrgan.
Vaziyat yuzasidan Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 9 ta texnikasi va 70 nafar shaxsiy tarkibi zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, 300 nafar fuqaroni xavfsiz hududga evakuatsiya qildi.
Oʻz vaqtida koʻrilgan tezkor choralar natijasida fuqarolarning hayoti saqlab qolindi.