Navoiy viloyatida Gʻozgʻon shahar hokimligi tashkil etildi

“Navoiy viloyati tarkibida Gʻozgʻon shahar hokimligini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Unga koʻra Navoiy viloyati tarkibida viloyat boʻysunuvidagi Gʻozgʻon shahar hokimligi tashkil etildi.

Gʻozgʻon shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga koʻra:

– qurilish materiallari ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish orqali aholi bandligi taʼminlanadi;

– shahar hududida geologiya-qidiruv ishlari koʻlamini kengaytirish orqali yangi konlarni aniqlash va oʻzlashtirish choralari koʻriladi;

– shaharda koʻp kvartirali uylar qurilishini tashkil etish orqali urbanizatsiya darajasini oshirish va aholi uchun munosib turmush sharoitini yaxshilash ishlariga eʼtibor qaratiladi.

Qaror bilan shuningdek,

– Gʻozgʻon shahar hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi;

– Gʻozgʻon shahridagi davlat organlari va tashkilotlarining boʻlinmalari va boshqaruv xodimlarining soni tasdiqlandi.

Gʻozgʻon shahrida joylashgan davlat organlari va tashkilotlarining boshqaruv xodimlari vazirliklar va idoralarning umumiy shtat birliklari doirasida kiritilishi belgilandi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog