Navbatdagi ShHT sammitiga Xitoy Xalq Respublikasi raislik qiladi

Bugun Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining sammiti yakunlandi, deya xabar bermoqda Uz24.

Foto: Transatlantico.info

Davlat rahbarlari kengashi majlisi yakunlari bo‘yicha Ostona deklaratsiyasi qabul qilindi. Unda amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid asosiy yondashuvlar, ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish uchun barcha sa’y-harakatlarni yo‘naltirishga qaratilgan mushtarak intilishlar o‘z ifodasini topgan.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda majlis samarali bo‘lgani, imzolangan hujjatlar ShHT mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari ShHT sammiti yuksak saviyada tashkil etilganini ta’kidlab, Qozog‘iston tomoniga samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdilar.

Bugungi sammitda Hindiston va Pokiston ShHT a’zosi maqomiga ega bo‘ldi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik Xitoy Xalq Respublikasiga o‘tdi.

Latest from Blog