Foto: BusinessLIVE

Navalniyning sogʻligʻi yomonlashgani aytilmoqda

Qamoqdagi Kreml tanqidchisi Aleksey Navalniy ittifoqchilari muxolifatchining sogʻligʻi yomonlashganini va uning hayoti xavf ostida ekanini aytmoqdalar.

Xabarlarga koʻra, Navalniy beli qattiq ogʻriy boshlagani va oyoqlari uvishayotganidan shikoyat qilgan.

Navalniy tarafdorlarining aytishicha, muxolifatchi hozir qayerda ekani “nomaʼlum” boʻlib, Navalniy va uning advokatlari 24-mart kuni oʻtkazishi kerak boʻlgan uchrashuv bekor qilingan.

Navalniyning Korrupsiyaga qarshi kurashish jamgʻarmasining surishtiruvlar boʻyicha rahbari Mariya Pevchix Twitter platformasida “Uning sogʻligʻi tez suratda yomonlashib borayotgani bizni qattiq xavotirga solmoqda”, deb yozdi.

Pevchixning soʻzlariga koʻra, Navalniy bir haftadan beri beli qattiq ogʻriyotgani va oyoqlari uvishayotganidan shikoyat qilgan.

Joriy oyning boshida Navalniy ilk marotaba Vladimir viloyatidagi Pokrov shahridagi koloniyaga olib borilganini tasdiqlagan edi.

Latest from Blog