Navalniy unga Qur’on berishmagani uchun qamoqxonani sudga berdi

/

Muxolifatchi bloger Aleksey Navalniy hozirda jazo muddatini o’tayotgan koloniyaga qarshi sudga murojaat qildi. Mahbus unga Qur’on berish rad etilganidan shikoyat qildi. Bu haqda uning Instagram’dagi sahifasida xabar berilgan.

Navalniy o’zini takomillashtirish uchun koloniyada bajarishi kerak bo’lgan vazifalar ro’yxatini tuzganini tushuntirdi. Ulardan biri Qur’onni o’rganish edi.

Bloger koloniyada bir qator kitoblarga buyurtma berganiga e’tibor qaratdi, ammo unga hanuzgacha bitta kitob ham berilmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, adabiyotlar ekstremizmga qarshi tekshiriladi.

Aleksey Navalniy, shuningdek, o’n uch kunlik ochlik e’lon qilganini ta’kidladi. Avvalroq koloniya ma’muriyati uni majburan ovqatlantirishni boshlash bilan tahdid qilgandi.

Latest from Blog