/

National Geographic Instagramda Xudofarin koʻprigi haqida hikoya qildi

180 million oʻquvchi auditoriyaga ega boʻlgan AQSh Milliy Geografik Jamiyatining mashhur jurnali National Geographic oʻzining Instagram sahifasida Ozarbayjonning ozod qilingan Jabroil viloyatida joylashgan Xudofarin koʻprigining fotosuratini eʼlon qildi. Surat muallifi taniqli fotograf Rena Afandi.

Nashr XII asrga oid boʻlgan Xudofarin koʻprigi Jabroil viloyatida Araz daryosi uzra Ozarbayjon va Eron chegaralari boʻylab joylashganligini aytib oʻtgan.

Qayd etilishicha, Jabroil Armaniston qoʻshinlari tomonidan bosib olingan va yaqinda Ozarbayjon tomonidan ozod qilingan Togʻli Qorabogʻga qoʻshni boʻlgan Ozarbayjonning yettita viloyatidan biridir.

Nashr shuningdek, Armaniston – Ozarbayjonning Togʻli Qorabogʻ mojarosi tarixi haqida maʼlumot beradi. 90-yillarda Ozarbayjon tomonidan yoʻqotilgan hududlarning aksariyati oʻtgan yilgi urush natijasida qaytarilganligi eʼtiborga olingan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog