“Nasaf” tezyurar yoʻlovchi poyezdi harakati qayta yoʻlga qoʻyiladi

Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 15-avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish boʻyicha qabul qilgan qaroriga asosan yoʻlovchilarga yana-da qulaylik yaratish maqsadida 2020-yil 11-sentabrdan Toshkent – Qarshi – Toshkent yoʻnalishida 4/3 sonli “Nasaf” tezyurar yoʻlovchi poyezdi harakati qayta yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Nasaf
rupoezd.ru

Poyezd 11-sentabr kuni soat 08:52 da Toshkent Markaziy temiryoʻl vokzalidan hamda shu kuni soat 17:37 da Qarshi temiryoʻl vokzalidan harakatini boshlaydi.

Yoʻlovchilar chiptalarni temiryoʻl kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkin.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog