Namanganlik Husan bobo velosipedda Hajga yo‘l oldi

Asli Namanganning Chortoq tumanidan bo‘lgan 75 yoshli Husan bobo Hojiboyev bugun velosipedda Haj safariga yo‘l oldi, deya xabar berdi Sof.uz sayti 2-iyun kuni.

Foto: darakchi.net

U bir yarim oy ichida Saudiya Arabistonining Makka shahriga kirib borishni rejalashtirgan. Otaxon Turkmaniston, Eron va Iroq hududini velosipedda bosib o‘tadi.

Safar qiyinchiliklari uni cho‘chitmasligiga sabab 30 yildan ortiq haydovchi bo‘lib ishlaganidir.

Husan ota o‘tgan yili Samarqandgacha besh yuz kmdan ortiq yo‘lni velosipedda bosib marhum prezident Islom Karimovning qabrini ziyorat qilib kelgan. Bundan zavqlangan namanganlik haydovchilar velosayohatchiga sovg‘alar taqdim qilgan. Shuningdek, «Toshkent haydovchilari» («Voditeli Tashkenta») guruhi ham tashabbusdan chetda qolmsdan Husan boboga velosiped tuhfa qilgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog