Namangandagi chiqindixona oldidan chaqaloq jasadi topildi

2018-yil 16-fevral kuni Namangan shahrida joylashgan Sardoba mahallasining Navoiy ko‘chasidagi chiqindixona yonidan chaqaloqning jasadi topildi. Bu haqda Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Chaqaloq jasadi “Alimpus” nomli rasmxona binosining orqa tarafida joylashgan chiqindixona oldidan, qora rangli sellofan paket ichidan topilgan.

Ushbu holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar