Namanganda hojatxonaga tushib ketgan Samsung Galaxy dastidan uch kishi halok boʻldi

2017 yilning 13-iyul kuni Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida xojatxonasida ogʻir gazdan zaxarlanish sodir boʻlgan, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot-xizmati.

Foto: Panoramio

Ushbu xonadonda yashovchi fuqaro G.Musaboyeva Samsung Galaxi J7 uyali telefonini uyidagi xojatxonaga tushirib yuborgan.

Shu kuni Musaboyeva tomonidan yollangan ishchilar A.Qirgʻizboyev va O.Murzaliyevlar telefonni olib chiqish uchun birin-ketin xojatxona tubiga narvon yordamida tushishgan va ogʻir gazdan zaxarlanib, xushdan ketishgan.

Shundan soʻng, ayol ularni qutqarish uchun Yangiqoʻrgʻon tumanidagi Qizilqiyoq QVPdan shifokor Q.Irisboyevni chaqirtirgan.

Shifokor yollanma ishchilarni qutqarib olish uchun xojatxona tubiga tushayotib zaharlanib, xushidan ketgan.

Namangan viloyati FVB Qutqaruv otryadi qutqaruvchilari kelib tushgan xabardan soʻng qisqa muddat ichida voqea joyiga borib vafot etganlarni xojatxona tubidan olib chiqishgan.

Fuqarolar A.Qirgʻizboyev va O.Murzaliyevlar voqea joyida fuqaro Q.Irisboyev esa shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli xizmatlar tomonidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Latest from Blog