Namanganda ilk bor egilgan umurtqa operatsiya qilindi

15-fevral kuni Namanganda birinchi bor egilgan umurtqa pog‘onasi to‘g‘rilandi, deb xabar beradi Namangan Today.

Foto: namtoday.uz

Hozirgacha bu kabi murakkab operatsiya faqat Toshkent shahrida amalga oshirilar edi. Ushbu murakkab operatsiyani viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi, tibbiyot fanlari nomzodi Zafar Xolov hamkasblari bilan birgalikda o‘tkazildi.

Jarrohlik amaliyoti 4 soat davom etgan.

Uychilik, 20 yoshli bemor Mahbuba Yunusova maktabning 4-sinfida o‘qiyotgan kezlarida harakat-tayanch organlarida salbiy o‘zgarishlar kuchaygan. Yetti yillik armon va azob endi ortda qolib, u endi qaddini tik tutib yurish baxtiga muyassar bo‘ldi.

Latest from Blog