Namanganda 5 tonnalik sumalak tayyorlanadi

Namanganda navro‘z bayrami arafasida besh tonnalik sumalak tayyorlanadi, deya xabar qildi O‘zA. Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida birinchi «Sumalak sayli» turizm va milliy qadriyatlar festivali o‘tkaziladi.

Foto: UzA

Ayni paytda bahor taomi uchun ishlatiladigan masalliqlar tayyorlanmoqda. Jumladan, 2 tonna bug‘doy ivitilib, undirishga qo‘yildi. Bug‘doydan tashqari, sumalakni tayyorlash uchun 2 tonna un, 1 tonna yog‘, 450 kilogramm zog‘ora uni, 50 kilogramm novvot ishlatiladi. O‘tgan yili 7 tonna palov damlangan mashhur o‘choq-qozon «xizmatda bo‘ladi». Sumalakni pishirishga katta tajribaga ega 25 nafar onaxon jalb etiladi.

Festival doirasida shahardagi kam ta’minlangan oilalar farzandlarining nikoh va sunnat to‘ylari o‘tkazilib, turli konsert dasturlari, milliy xalq o‘yinlari namoyish etiladi.

Latest from Blog