Namangan viloyati hokimi o‘qituvchi va shifokorlarni obodonlashtirish ishlariga jalb etishni taqiqladi

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xalqaro press-klubda o‘qituvchi va shifokorlarni obodonlashtirish ishlariga haligacha jalb etib kelinayotgani to‘g‘risidagi savolga javob berdi, deb xabar qildi UZ24.

Foto: “Xdp.uz”

Bu bor haqiqat, buni yashirib bo‘lmaydi. Ularni nafaqat obodonlashtirish ishlarida, hatto qishloq xo‘jaligi ishlarida ham ishlatib keldik. O‘qituvchining o‘zini ishini qildirmadik, fermerga bog‘ladik. Vrachlarimizga o‘z ishini qildirmadik, QVPda o‘z ishlari qolib, qishloq xo‘jaligi ishlari bilan band bo‘lishdi. Natijada nima bo‘ldi, natijada bugun onalar o‘limi oshdi, go‘daklar o‘limi oshdi, lekin hech kim QVPga yordam bergani yo‘q.

Qachonki endi biz ko‘zimizni ochib ko‘rsakki, qanaqadir og‘ir ahvolda. Shuning uchun hozir o‘qituvchilarimizni, umuman budjet xodimlarini jalb qilish qat’iy cheklangan. Qaysidir shanbalik, qaysidir tadbir bo‘lsaki mayli, shunda umumiy tartibda chaqiriladigan bo‘lsa. Bizning eng zabardast sohalarimizning ikkisi ham, eng ishongan sohalarimizdir. Bularni unaqangi ishlarga, mana hokimlar ham turibdi, ularni bu ishlarga jalb etish taqiqlanadi, chiqarmaymiz ularni bunday ishlarga.

Xayrullo Bozorov, Namangan viloyati hokimi 

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar