Namangan shahri hokimi o‘zgardi

Shavkatjon Shokirjonovich Abdurazzoqov Namangan shahar hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qiladi.

Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan sessiyasida viloyat hokimining shu haqdagi qarori bir ovozdan tasdiqlangan.

Hozirgacha Abdurazzoqov Vazirlar Mahkamasining departament mudiri lavozimida ishlab kelgan.

Prezident Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida qator sohalarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sabab Namangan shahar hokimi Bahodir Mamatovich Bekxodjaevni egallab turgan lavozimidan ozod etgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog