Namangan delegatsiyasi Hindiston farmatsevtika korxonasiga tashrif buyurdi

Namanganda Hindistonning yetakchi kompaniyalaridan biri ishtirokida farmatsevtika korxonasi qurilishi mumkin, deb xabar qilmoqda «Jahon» axborot agentligi.

Raqobatbardosh, zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida Namangan viloyati delegatsiyasi Hindistonning yetakchi farmatsevtika kompaniyalaridan biri boʻlgan a tashrif buyurishdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi Mumbay shahrida kompaniyaning bosh ofisida boʻlib u yerda   M.J. Biopharm direktori Dhaval Vashi bilan uchrashdi.

Shuningdek, viloyat mutaxassislari kompaniya zavodlariga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishdilar.

M.J. Biopharm — oʻz faoliyatini 1954-yilda boshlagan. Bugungi kunda kompaniya mahsulotlari dunyoning 60 mamlakatida sotilmoqda. M.J. Biopharmning asosiy ixtisosligi bu — insulin va diabet kasaliga qarshi dorilar ishlab chiqarishdir. Undan tashqari kompaniya antibiotiklar, tuberkulezga, yurak kasalliklariga qarshi dorilar ham ishlab chiqaradi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar