/

Myanmadagi namoyishlarda 38 kishi halok bo‘ldi

Myanmadagi politsiya hamda ko‘chalarda namoyish o‘tkazayotgan fuqarolar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda huquq-tartibot idoralari xodimlarining o‘qotar quroldan foydalanishi oqibatida 38 kishining halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Bu haqda brifingda BMTning maxsus vakili Kristin Shraner Burgener axborot bergan, deb yozmoqda “TASS”.

“Bugun — 1-fevralda boshlangan Myamadagi davlat to‘ntarishidan keyingi eng dahshatli kun. 38 nafar inson halok bo‘ldi, 1-fevraldan beri namoyishlar qurboniga aylanganlar soni esa 50 nafardan oshdi”, — degan BMT vakili.

Diplomat mamlakatdagi faollar taqdim etgan videoyozuvlarni ko‘rib chiqqan ekspertlar xulosasiga ko‘ra politsiyachilar tomonidan namoyishchilarga nisbatan o‘qotar qurol, ya’ni pistolet va pulemyotlardan foydalanilgani aniqlanganini qo‘shimcha qilgan.

1-fevralda Myanma harbiylari mamlakatda bir yil muddatga favqulodda holat e’lon qilingani va davlat boshqaruvidan prezident Vin Myin hamda davlat masalahatchisi Aun San Su Chji chetlashtirilgani hamda hibsga olinganini e’lon qilgan. Harbiy qo‘shin vakillari 2020-yilda o‘tgan saylovlarda katta hajmda ovozlarni qalbakilashtirish ishlari amalga oshirilganini ta’kidlagan. Harbiylar Vazirlar Mahkamasi yangi tarkibda tuzilganini bildirgan. Respublika fuqarolari fevral boshidan buyon mazkur siyosiy jarayonlarga qarshilik bildirib, namoyishlar o‘tkazmoqda, ommaviy tartibsizliklar politsiya va xavfsizlik kuchlari tomonidan bartaraf etilmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog