/

Myanmada hokimiyat harbiylar qo‘liga o‘tganidan so‘ng norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Foto: Facebook / Mizzima

Myanma aholisi 6-fevral kuni Yangon ko‘chalariga chiqib, harbiylar tomonidan hokimiyat egallab olinishiga qarshi chiqdi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.

Frontier Myanmar nashri xabar berishicha, Insein-roud ko‘chasidagi miting tinch tarzda o‘tmoqda, politsiyachilar namoyishchilarni tarqatib yubormayapti.

Odamlar harbiylarga qarshi ekanini bildirmoqda, hibsga olingan yuqori martabali amaldorlarni, jumladan, davlat maslahatchisi Aun San Su Chji va prezident Vin Myinni ozod etishni talab qilmoqda.

Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, norozilik namoyishlarida bir necha yuzdan bir necha minggacha odamlar qatnashmoqda. Internet bilan bog‘liq muammolarga qaramay, ba’zi nashrlar shahar bo‘ylab yurgan ko‘plab namoyishchilar tasvirlangan qisqa videolarni tarmoqqa joylashtirishga muvaffaq bo‘lgan.

Shu bilan birga, har kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan boshlab Myanmaning ko‘plab shaharlarida aholi norozilik namoyishlarini uyushtirmoqda. Ular qozon, turli idish va boshqa oshxona anjomlarini urib, o‘z noroziligini bildirmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videolarga ko‘ra, kundan kunga norozilik ishtirokchilarining soni ko‘paymoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog