/

Myanma kasaba uyushmalari umumiy ish tashlashga chaqirmoqda

Foto: Getty Images

Myanmada dushanba kuni kasaba uyushmalarining chaqirigʻiga binoan koʻplab fabrikalar 1-fevral toʻntarishida oʻrnatilgan repressiv harbiy rejimga qarshi norozilik namoyishi sifatida yopildi.

Myanmadagi toʻqqizta eng yirik kasaba uyushmalari oʻz fuqarolarini 8-martdan boshlab “toʻliq va uzoq muddatli iqtisodiy toʻxtatishga” chaqirdi. Kasaba uyushmalarining qoʻshma bayonotida, iqtisodiy faoliyatni davom ettirish harbiy rejim uchun foydalidir. Harbiy qoʻmondonlar bunga javoban ish tashlashni qoʻllab-quvvatlaganlarni ishdan boʻshatishlari haqida ogohlantirdilar.

Gʻarb matbuoti dushanba kuni Myanmada baʼzi savdo markazlari va doʻkonlari, pochta va bank filiallari, toʻqimachilik fabrikalari yopilganligini taʼkidladi. Yangonda mitinglar qishloq xoʻjaligi sohasidagi dehqonlar va ishchilar orasida demokratiya tarafdorlari tomonidan oʻtkazildi. Turli shaharlarda politsiya bilan toʻqnashuvda bir necha kishi halok boʻldi, deb xabar beradi AFP.

4-mart kuni BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Mishel Bachelet Birmada toʻntarish namoyishlari boshlanganidan beri kamida 54 namoyishchining oʻlimi haqida xabar berdi. BMT maʼlumotlariga koʻra, qatagʻon paytida kamida 1700 kishi hibsga olingan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog