/

Myanma harbiy ma’muriyati 19 ta davlatdagi yuzta diplomatini chaqirib oldi

Foto: Getty Images

Myanmaning harbiy ma’muriyati mamlakatning BMTdagi vakili Chjo Mo Tun tashkilotning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohi minbaridan so‘zlagan bahsli nutqidan so‘ng dunyoning 19 ta davlatidagi 100 nafar diplomatini chaqirib oldi.

Chjo Mo Tun BMT minbarida dunyo hukumatlarini hokimiyatni kuch bilan egallab olgan Myanmaning harbiy hukumatiga qarshi chiqishga chaqirgan.

Mahalliy nashrning ma’lum qilishicha, diplomatlarni chaqirib olish haqidagi qaror Myanma Tashqi ishlar vazirligi tomonidan chiqarilgan.

Hujjatga muvofiq, Myanma AQSh, Buyuk Britaniya, Avstriya, Italiya, Braziliya, Fransiya, Norvegiya, Belgiya, Serbiya, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Singapur, Tailand, Indoneziya, Kambodja, Janubiy Koreya, Filippin va Gonkongdagi elchi maslahatchilari va elchixona kotiblarini chaqirib oldi.

Shu bilan birga, hozirda Myanma Tashqi ishlar vazirligining Naypidavda ishlayotgan ellikka yaqin diplomatlari chaqirib olingan hamkasblari o‘rnini bosish uchun yuqorida qayd etilgan mamlakatlarga yuboriladi.

Ma’lum qilinishicha, Myanmaning BMTdagi elchisi Chjo Mo Tun allaqachon harbiy ma’muriyat tomonidan o‘z lavozimidan ozod qilingan va davlatga xiyonat qilganlikda ayblangan. Diplomatlarning chaqirilishi, Chjo Mo Tunning BMTdagi nutqidan so‘ng chet elda ishlayotgan ko‘plab Myanma diplomatlari mamlakatda bir oydan beri bo‘lib o‘tayotgan norozilik namoyishlari kampaniyasiga qo‘shilishga moyil bo‘lib, yangi hukumat uchun ishlashni xohlamaganligi bilan bog‘liq.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog