Myanma: BMT jamgʻarmasi qochqinlarga yordam berish maqsadida 7 million dollar ajratadi

BMT bosh kotibining insonparvarlik yordami masalalari boʻyicha oʻrinbosari Mark Loukok Markaziy jamgʻarma (CERF) hisobidan myanmalik qochqinlarga 7 million dollar ajratilishini maʼlum qildi.

Foto: Reuters

«CERF — bu qayerda va qachon zarur boʻlishidan qatʼiy nazar odamlarga koʻmak berishning eng tezkor usulidir», — dedi Loukok.

Loukok soʻzlariga koʻra, jamgʻarma qoʻshimcha boshpanalar va oziq-ovqat yetkazib beradi, shuningdek, ogʻir holatdagi kishilarga tibbiy yordam koʻrsatadi.

Shu bilan birga, myanmalik qochqinlarning xavfsizligini kafolatlash va ularga gumanitar yordamlarning uzluksiz yetkazilishini taʼminlashga chaqirdi.

Dastlabki hisob kitoblarga koʻra, Bangladeshga 146 mingdan 300 mingacha kishilar qochishgan.

Eslatib oʻtamiz, Myanma hukumat kuchlari va roxinya musulmon jangarilari bilan boʻlgan toʻqnashuvlarda 400 dan ortiq kishi halok boʻlgan edi.

Latest from Blog