Mustaqillik bayrami tantanalari Forumlar saroyida bo‘ladi

1 daqiqada oʻqiladi

Bugun, 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar “O‘zbekiston” forumlar saroyida o‘tkaziladi. Bu haqda Qalampir.uz nashri o‘z ishonchli manbaasiga tayanib xabar berdi.

Foto: travel2uzbekistan.com

Tantanalar o‘tgan yillardagidan farqli ravishda, Forumlar saroyida tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, soat 19:00da boshlanishi kutilmoqda.

Ushbu tadbirda nufuzli mehmonlar, Hukumat a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda prezident oilasi vakillarining ishtirok etishi kutilmoqda.

Latest from Blog