Murodjon Ahmadaliev Osiyo chempionatida raqibini nokautga uchratib, finalga yo‘l oldi (video)

5-may kuni boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim final bahslari bo‘lib o‘tmo6qda. O‘zbekistonlik 56 kg vazn toifasidagi bokschi Murodjon Ahmadaliev janubiy koreyalik Yon Xun Xanga qarshi ringga chiqdi, deya xabar bermoqda Uz24.uz.

Ahmadaliev jangda ikkinchi raundda nokautga uchratdi va finalga yo‘l oldi. Finalda unga xitoy vakili Jiavei Jang raqib bo‘ladi.

Murodjon Ahmadaliev bungacha bo‘lgan ikkala jangida ham raqiblarini nokaut evaziga mag‘lub etgandi.

Undan oldin 52 kg vazn toifasida ringga chiqqan o‘zbekistonlik bokschi Jasurbek Latipov ham g‘alabaga erishib, O‘zbekistonga ilk final yo‘llanmasini taqdim etdi. Latipov finalda janubiy koreyalik raqibga qarshi jang qiladigan bo‘ldi

 

Latest from Blog