Foto: Gazeta.uz

Muqimiy teatriga yangi rahbar tayinlandi

Aleksandr Bekjonov Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri direktori etib tayinlandi. Yangi rahbar Madaniyat vazirligi vakillari ishtirokidagi yigʻilishda jamoaga tanishtirildi.

Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Ahmedov Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatriga direktor etib Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Aleksandr Bekjonov tayinlanganligi rasman eʼlon qilindi.

Eslatib oʻtamiz, 2016-yildan Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri direktori sifatida faoliyat koʻrsatib kelgan Oʻzbekiston xalq artisti Mirza Azizov joriy yilning 15-aprel kuni 58 yoshida koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etgandi.

Latest from Blog