Muhammad Boburning avlodi O‘zMUda tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi

O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti “Uslubiyat va tahrir” kafedrasi tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavaddudining 535 yilligiga bag‘ishlab “Jonimdan o‘zga yoru vafodor topmadim” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Anjumanda O‘liy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari, O‘zMU va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti professor-o‘qituvchilari, “Ziyo” mahallasi faollari hamda Talabalar shaharchasi yoshlari ishtirok etishdi.

Mirzo Bobur hayoti va ijodining eng jo‘shqin damlari, shaxs sifatidagi jasorati borasida fikr yuriltildi. Ma’ruzachilar yig‘ilganlarga mavzuga oid yangi va qimmatli ma’lumotlar berishdi.

O‘zMU tarix fakulteti dotsenti Ne’mat Polvonov so‘zga chiqib, Bobur hayoti va faoliyati aniq chizgilar berdi.

Tadbirning eng qaynoq nuqtasi Buburiylar sulolasining vakili Zayniddin Mirzoning chiqishi bo‘ldi. Hozirda poytaxtimizdagi Amir Temur muzeyi ilmiy hodimi bo‘lgan Zayniddin Mirzo Bahodirshox II ning evarasi bo‘ladi. U politexnika sohasi bo‘yicha oliy ma’lumot olgan. Nihoyatda ziyoli, bilimli, fayzli va kamtarin inson. Millatdoshlarimiz nihoyatda mehr qo‘ygan ajdodimiz Mirzo Boburning avlodi bilan bir davrada o‘tirib bobomiz ijodi, hayoti, faoliyati haqida suhbatlashish barcha uchun birdek zavqli bo‘ldi.

Latest from Blog