Mo‘ynoqlik o‘quvchilarga axborot texnologiyalari bo‘yicha bepul o‘quv kurslari boshlandi

TATU Nukus filiali jamoasi Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida “Future Muynak” o‘quv-amaliyot markazini tashkil etgani va o‘quvchilar uchun bepul o‘quv kurslarini olib borayotgani haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan xabar berilgan edi.

Hozirda markazda tuman maktab o‘quvchilari uchun axborot texnologiyalari bo‘yicha kurslar boshlandi. Mashg‘ulotlar sinflar kesimida uch smenada soat 09:00 dan 16:00 gacha olib borilmoqda.

Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining Qoraqalpog‘iston hududiy boshqarmasi tomonidan markazga bepul Wi-Fi zonasi tashkil qilindi. Endilikda, markaz tinglovchilari internetdan bepul foydalanish imkoniyatiga ega.

“Future Muynak” o‘quv-amaliyot markazi 2019-yil dekabr oyida Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida TATU Nukus filiali tomonidan tashkil etilgan. Bu yerda filial professor-o‘qituvchilari mo‘ynoqlik yoshlarga “Web-texnologiya”, “3D modellashtirish” va “animatsion grafika” kabi zamonaviy yo‘nalishlarda bepul mashg‘ulotlarni olib bormoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog