Mourinyo Sulsherning soʻzlariga javob qaytardi

Angliyaning “Tottenhem” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo “MYU” bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning soʻzlariga javob qaytardi. Bu haqda ESPN nashri xabar qildi.

Foto: New.sportbox.ru

Maʼlumot uchun, Yevropa Ligasi saralashi doirasida “Tottenhem” darvozaboni “Shkendia-79”ga (3:1) qarshi oʻyin oldidan hakamlarga darvoza 5 santimetrga past ekanligini aytgan edi, buni klub murabbiyi Joze Mourinyo ham isbotlab bergan.

Shundan soʻng, “MYU” ustozi Sulsher esa APLning 3-turidan oʻrin olgan “Brayton” (3:2) bilan oʻyindan soʻng “Yaxshiyamki, Joze darvozani oʻlchash uchun bu yerda emasdi”, deya hazillashdi. Chunki “Brayton” oʻyin davomida 5 bor mankuniyaliklar darvozasi ustuni va toʻsinini nishonga oldi.

Keyinchalik esa, portugaliyalik mutaxassis Sulsherning gaplariga javob qaytardi.

“Fikrimcha, Ole bu darajada omadi kelganligidan hayratda qolgan va xursandligidan hazillashishga qaror qilgan. Men uning uchun darvoza kattaligi muhim emasligini tushunaman. Unga jarima maydonchasining kattaligi muhim. U hech qachon jarima maydonchasini 1 metrga ham qisqartirishga rozi boʻlmaydi. Oʻylashimcha, u jarima chizigʻi yana 4 metrga surilishini xohlagan boʻlardi”, deya Mourinyoning soʻzlarini keltiradi ESPN.

Eslatib oʻtamiz, “MYU” klubi “Brayton” (3:2) bilan oʻyindagi soʻngi golini penaltidan kiritgan edi. Joze bu soʻzlari bilan “MYU”ning koʻp penalti tepishiga kinoya qilgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog