Mo‘sulda IShID ustidan g‘alaba qozonilgani e’lon qilindi

Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadiy hukumat kuchlari tomonidan Mo‘sul shahri IShID guruhidan ozod qilingani munosabati bayonot berdi, deya xabar bermoqda Associated Press agentligi.

Foto: Gazeteport

Haydar al-Abadiy iroqlik askarlarni Mo‘suldagi «ulkan g‘alaba» bilan tabriklagan. Shunga qaramay, shaharda jangarilar va I hukumat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etgani xabar qilingan.

Bosh vazir seshanba kuni Bag‘dodda matbuot anjumanida IShID Mo‘suldan ozod qilinganini e’lon qilgan. O‘tgan haftada al-Abadiy 2014-yilda IShID e’lon qilgan «yolg‘on xalifalik» qulaganini ma’lum qilgan edi.

«Alhamdulillah, biz Mo‘sulni ozod qilishga muvaffaq bo‘ldik va boshqalar noto‘g‘ri tomondaligini isbotladik. Mo‘sul xalqi terrorizmga qarshi bizning xavfsizlik kuchlarimiz tomonida turdi va qo‘llab-quvvatladi», – deb aytgan bosh vazir o‘z bayonotida.

Roppa-rosa uch yil muqaddam IShID yetakchisi Abu Bakr Bag‘dodiy Mo‘suldagi «Nuriya» masjidida o‘zini xalifa deb e’lon qilgan edi. Mo‘sul shahri IShID guruhi tuzgan «davlat»ning norasmiy poytaxti sifatida ko‘rilar edi. O‘tgan haftada Iroq hukumatiga qarashli qo‘shinlar vayron qilingan qadimiy masjidni egallashga muvaffaq bo‘lgan edi.

Matbuot anjumanida Iroq bosh vaziri, shuningdek, shahar infratuzilmasini qayta tiklash va jangarilardan ozod qilingan hududlarda barqarorlik o‘rnatishga ko‘rsatma berganini ma’lum qilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar