Moskvada karantin cheklovlari yana joriy etiladi

Moskvada 28-sentabr kuni yangi cheklovlar joriy etiladi. Bunga COVID-19 va boshqa oʻtkir respirator virusli infeksiyalar sonining koʻpayishi sabab boʻlmoqda. Bu haqda “Vesti.ru” sayti shahar meri Sergey Sobyaninning oʻz blogida yozgan soʻzlariga tayanib xabar qilmoqda.

Foto: Ugorizont.ru

U shifokorlarga murojaat qilib, oddiy shamollash va koronavirusning bir-biri bilan bogʻlanishi oʻta xavfli boʻlishi mumkinligini taʼkidlaydi.

65 yoshdan oshgan moskvaliklar va surunkali kasalliklarga chalinganlarga uyda qolish va ular bilan birga yashaydiganlardan tashqari hamma bilan aloqani cheklash kerakligi taʼkidlanmoqda.

Hokim moskvaliklarni transportda, taksilarda, doʻkonlarda va boshqa jamoat joylarida niqob va qoʻlqop rejimiga qatʼiy rioya qilishga chaqirdi.

“Bugungi kunda intizom va masʼuliyat har birimizdan talab etiladi”, — deya taʼkidladi u.

Shahar hokimi, shuningdek, poytaxt korxonalari rahbarlaridan iloji boricha koʻproq xodimlarni kompaniyalar ishiga ziyon yetkazmasdan uydan ishlash rejimiga oʻtkazishni soʻradi.

“Haqiqatan ham barchamiz bahordagi qattiq cheklovlarga qaytishni xohlamaymiz. Umid qilamanki, oʻzimizga va yaqinlarimizga gʻamxoʻrlik qilsakgina biz bundan qochib qutula olamiz”, — deb yozdi shahar hokimi shaxsiy blogida.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog