Moskva viloyatida gaz balloni portlashi oqibatida 4 nafar o‘zbekistonlik jarohatlandi, bir kishi halok bo‘ldi

Joriy yil 9-fevral kuni soat 6:55 da O‘zbekiston FVV favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markaziga rossiyalik hamkasblardan shoshilinch xabar keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Xabarda Moskva viloyatining Stupino shaharchasi, Torbeyevo qishlog‘idagi kushxonada gaz balloni portlashi oqibatida O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi kuyish bilan bog‘liq tan jarohati olgani, keyinchalik ulardan biri shifoxonada vafot etgani bildirilgandi.

Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ishchi ishlar vazirliklari va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi harakatlari bilan 4 nafar o‘zbekistonlik Stupino shifoxonasidan Moskva shahridagi Vishnevskiy nomli xirurgiya instituti va Sklifosovskiy nomli ilmiy-tadqiqot institutiga o‘tkazildi.

14-fevral kuni hodisada halok bo‘lgan A.Qarshiyevning jasadi “O‘zbekiston havo yo‘llari” bortida Toshkent shahriga keltirildi va Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi qarindoshlariga dafn qilish uchun topshirildi.

Latest from Blog