Foto: Washington Examiner

Moskva va Vashington mahbuslarni almashishi mumkin

//

AQSH dengiz piyodalari korpusining sobiq askari Pol Uilanning rossiyalik advokati Reuters-ning Moskva muxbiriga Rossiya va AQSH oʻrtasidagi mahbuslarni almashtirish ehtimoli haqida muzokaralar olib borishi haqida maʼlum qildi.

Vladimir Jerebenkovning soʻzlariga koʻra, muzokaralar Amerika tomonidan Jo Bayden maʼmuriyati hokimiyat tepasiga kelganidan keyin boshlangan.

Pol Uilan Rossiyaga qarshi josuslikda ayblanib 2018-yil dekabr oyida Moskvada hibsga olingan. U 16 yilga ozodlikdan mahrum qilingan va koloniyada qolmoqda. Uilan oʻz aybini tan olmaydi. AQSH uning ozod qilinishini bir necha bor talab qilib chiqdi.

Rossiyalik advokatning soʻzlariga koʻra, davom etayotgan muzokaralar yaqin ikki-uch oy ichida mahbuslar almashinuviga olib kelishi mumkin. Jerebenkov muzokaralar oʻtgan yilning iyulida hibsga olingan AQSH fuqarosi Trevor Rid ishiga taʼsir qiladimi yoki yoʻqligini bilmaydi. U “politsiya xodimiga tajovuz qilgani” uchun toʻqqiz yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Vashingtonda Rid ustidan sud jarayoni “absurdlar teatri” deb nomlanadi.

Advokat Vladimir Jerebenkovning aytishicha, Moskvada AQSHda qamoqqa tashlangan Rossiya fuqarolari uchun mumkin boʻlgan nomzodlar muhokama qilinmoqda va Amerika tomonidan ularni Uilanga almashtirishni soʻrashi mumkin. Advokat qurol sotuvchisi Viktor Bout va Konstantin Yaroshenko haqida, ular “giyohvand moddalarni noqonuniy olib oʻtish uchun fitna uyushtirganlikda” aybdor deb topilgan.

Latest from Blog