Moskva va Moskva viloyatida noqulay ob-havo kuzatildi

Moskva va Moskva viloyatida 17-sentabr payshanba kuni noqulay ob-havo yuzaga keldi.

Mosreg.ru

Hududda daraxtlar va turli xil inshootlar qulashi oqibatida besh kishi qurbon boʻldi. Bu haqda Moskva viloyati Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Solnechnogorskda kuchli shamol tufayli avtobus bekati agʻdarilib ketdi. Oʻn uchta munitsipalitetda 112 ta daraxt qulab tushdi.

Shuningdek, ob-havoning yomonligi natijasida 23 ta avtomobil zarar koʻrdi. Bundan tashqari, viloyatning 65 ta aholi punktida elektr energiyasi oʻchirilgan.

18-sentabr, bugun Moskva viloyatida barcha qulagan daraxtlar olib tashlangan.
Payshanba kuni poytaxt aholisi koʻp miqdordagi yogʻingarchiliklarga duch keldi, natijada bir nechta koʻchalar va yer osti yoʻllari suv ostida qoldi. Shunday qilib, Moskvaga kuz keldi. Yomgʻir bugun ham davom etmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog