Foto: Business Standard

Moody’s O‘zbekiston kredit reytingini «V1» darajasida saqlab qoldi, biroq prognozini oshirdi

//

Moodyʼs xalqaro reyting agentligi Oʻzbekistonning uzoq muddatli kredit reytingini “B1” darajasida saqlab qoldi, biroq “barqaror” prognozini “ijobiy”ga oʻzgartirdi, deyiladi agentlik bayonotida.

Prognozning oʻzgarishiga mamlakatning institutsional salohiyati yaxshilangani va davlat siyosati samaradorligi ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Agarda bu davom etsa, agentlik reyting oʻsishini qoʻllab-quvvatlaydi.

Bayonotda qayd etilishicha, asosiy tarkibiy islohotlardagi bosqichma-bosqich rivojlanishlar, jumladan, pul-kredit siyosatini takomillashtirish va oʻrta muddatli soliq-byudjet strategiyasining qabul qilingani davlat qarzi oʻsishini cheklaydi. Iqtisodiyot va moliya sektorini koʻproq raqobat uchun ochadigan va toʻqimachilik sanoati kabi sohalarda mehnat samaradorligini ragʻbatlantiradigan islohotlarning keyingi rivoji mamlakatning kreditga layoqatliligi yuqori ekanligini koʻrsatadi.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, 2017-yildan boshlangan asosiy mahsulotlar narxlari ustidan nazoratni bekor qilish va valyuta operatsiyalarini liberallashtirishga qaratilgan qator tub islohotlar iqtisodiyotdagi mahsuldorlik va raqobatbardoshlikni oshirib boʻldi. Moodyʼs vaqt oʻtishi bilan mazkur choralar iqtisodiy oʻsish va inflyatsion kutilmalarning pasayishiga xizmat qilishini kutmoqda.

Latest from Blog